Özbekistonda dabdabali töy va marakalarga qarşi guruh tuzildi
25-10-2025, 17:20
1 435 марта

Özbekistonda dabdabali töy va marakalarga qarşi guruh tuzildi
Töy va marosimlarda isrofgarçilikka çek qöyiş, odob-axloq va milliy qadriyatlarni tarğib etiş maqsadida yangi 90 kunlik dastur işga tuşirildi. Bu haqda Respublika Manaviyat va marifat markazi xabar berdi.Qayd etilişiça, jamiyatda maromiylik madaniyatini keng tarğib etiş orqali fuqarolarda meyorni saqlaş, ortiqça isrofgarçilikdan tiyiliş, şukronalik va bağrikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni hayot mezoniga aylantiriş, natijada jamiyatda totuvlik, hamjihatlik va manaviy barqarorlikni taminlaşga erişiş közda tutilmoqda.
Şu maqsad yölida kuçlar birlaştirilib, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, “Nuroniy” jamğarmasi va boşqa manfaatdor taşkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini şakllantirişga qaratilgan manaviy-marifiy tarğibot tadbirlarini ötkaziş böyiça çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan. Unga köra, tarğibot işlarida dolzarb 90 kunlik belgilab olindi.
Respublika Manaviyat va marifat markazi rahbari Otabek Xasanovga köra, ayrim oilalarda yillar davomida katta maşaqqatlar bilan töplangan mablağni “nom çiqariş”, “obrö qozoniş” maqsadida bir kunda ortiqça marosimlar, dabdabali töylarga sarflab yuboriş holatlari keskin ortmoqda.
“Yana bir xavotirli holat, kreditni zarurat uçun emas, balki obrö yoki “odamlardan qolmaslik” uçun oliş holatlari odatiy holga aylanib qolmoqda. Oqibatda yoş oilalar hayotining ilk yillarini qarz bilan boşlaydi. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy bosim bölib, köpinça oilaviy nizolar, erta ajrimlar va boşqa köngilsiz holatlarga olib kelmoqda”, deydi u.