Özbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinişi kutilmoqda
24-11-2025, 14:58
409 марта

Özbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinişi kutilmoqda
Özbekiston Respublikasida olingan oliy talim töğrisidagi diplomlar dunyodagi 38 ta davlatda tan olinişi kutilmoqda. Bu Özbekistonning “Oliy talim sohasida malakalarni tan oliş töğrisidagi global konventsiya”ni (Parij, 2019 yil 25 noyabr) ratifikatsiya qilgani ortidan sodir bölişi mumkin.Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 11 noyabr kuni imzolangan qonun bilan Özbekiston Global konventsiyani ratifikatsiya qildi.
Oliy talimga oid malakalarni tan oliş töğrisidagi global konventsiya UNESCO şafeligida işlab çiqilgan global ahamiyatga ega bölgan birinçi şartnoma hisoblanadi. Konventsiyaning 4-moddasida Konventsiyaning azosi bölgan iştirokçi davlat Konventsiyaning azosi bölgan boşqa iştirokçi davlatlarda egallangan va hujjatlar orqali tasdiqlangan malakalarni tan oliş majburiyati körsatilgan.
Tan oliş jarayoni har bir davlatning öz milliy qonunçiligida belgilangan tartibda amalga oşirilib, bunda iştirokçi davlatlar boşqa davlatlarda egallangan oliy talimga oid malaka (diplom)ni adolatli tarzda tan olişi lozim. Davlatlar talim tizimi (standart) örtasida muhim farqlar mavjud bölgandagina tan oliş rad etilişi mumkin.
Hozirgi kunda 38 ta davlat Global konventsiyaga azo hisoblanadi va 10 ga yaqin davlatlar Konventsiyaga azo böliş jarayonini olib bormoqda.