USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston 500 mln dollar qarz olmoqda

490 марта

Özbekiston 500 mln dollar qarz olmoqda

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) va Özbekiston hukumati “Yaşil va barqaror bozor iqtisodiyotiga ötiş dasturi”ni amalga oşiriş uçun 500 million dollar ajratiş böyiça kelişuv imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur islohotlar paketi mamlakatning yanada ekologik, barqaror va bozorga yönaltirilgan rivojlaniş modeliga ötiş jarayonini jadallaştirişga qaratilgan.
Taşabbus past uglerodli ösişni taminlaş, davlat sektori samaradorligini oşiriş va iqlim özgarişiga nisbatan barqarorlikni kuçaytiriş uçun davlat boşqaruvi mexanizmlarini mustahkamlaşni közda tutadi. Butun iqtisodiyot böylab tizimli iqlim çoralarini yaratişga qaratilgan islohotlarni qöllab-quvvatlaş bankning iqlimga yönaltirilgan moliyalaştiriş siyosati (CPBF) doirasida amalga oşiriladi.

Asosiy çoralar qatoriga energetika sohasi va davlat korxonalarida boşqaruv samaradorligi va şaffofligini oşiriş, davlat xaridlarida iqlimga yönaltirilgan standartlarni joriy etiş, şuningdek, işonçli monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimidan foydalangan holda, uglerod kreditlari aylanişi uçun aniq va şaffof qoidalarni şakllantiriş kiradi. Bu esa xususiy kapitalni jalb qilişga xizmat qiladi.

Dastur Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.

“Dastur doirasida qöllab-quvvatlanayotgan islohotlar uzoq muddatli ekologik va ijtimoiy samarani taminlaşi kutilmoqda. Resurslardan oqilona foydalaniş, ekologik toza energetik yeçimlarni joriy etiş va iqlimga yönaltirilgan tartibga solişni takomillaştiriş issiqxona gazlari çiqindilarining kamayişiga, havo sifatining yaxşilanişiga va iqlim xatarlariga bardoşlilikning ortişiga olib kelişi kerak”, deyiladi xabarda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: