USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gaz narxi bir yilda 39,2 foizga, elektr energiyasi 18,8 foizga qimmatlaşdi

335 марта

Gaz narxi bir yilda 39,2 foizga, elektr energiyasi 18,8 foizga qimmatlaşdi

Statistika qömitasi 2025 yil dekabr oyida Özbekistonda qaysi tovar va xizmatlar narxlarida ösiş kuzatilganini malum qildi.
Infografika: Statistika qömitasi
Ötgan oyda mamlakatdagi inflyatsiyaning oylik darajasi 0,9 foizni, yillik hisobi esa 7,3 foizni taşkil etdi. Bu oxirgi 9 yillik dekabrlarida kuzatilgan eng past narxlar ösişidir. Masalan, 2025 yil yanvarda yillik inflyatsiya darajasi 9,9 foiz bölgan.


Dekabr davomida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,5 foizga, nooziq-ovqatlar 0,3 foizga, xizmatlar 0,7 foizga kötarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori oylik inflyatsiya Xorazm viloyatida kuzatilgan (1,1 foiz) bölsa, yillik hisobda narxlarning yuqori oşişi Qoraqalpoğiston va Farğona viloyatida qayd etilgan (7,7 foiz). Eng past yillik narxlar ösişi Qaşqadaryo viloyatida (7 foiz) bölgan.
Infografika: Statistika qömitasi
Statqömga köra, dekabrda qator mahsulotlar narxi keskin oşgan. Masalan, bodring 55,7 foizga, baqlajon 55,9 foizga, pomidor 25,1 foizga, bulğor qalampiri 22,9 foizga, karam 22,8 foizga qimmatlaşgan. Muhim oziq-ovqatlardan tuxum (+3,4 foiz), göşt (+0,5 foiz), sut va yoğ (+0,4 foiz) narxlarida ham ösiş kuzatilgan.

Oy davomida benzin 2,4 foizga, propan 1,3 foizga, aviaçiptalar narxi 2 foizga oşgan. Öz navbatida uyali aloqa xizmatlari narxi ham 5,9 foizga, bank xizmatlari 3, foizga, çiqindi taşiş 3 foizga kötarilgan.

2025 yil dekabrda yillik hisobda (2024 dekabriga nisbatan) gaz narxi 39,2 foizga, sovuq suv taminoti va kanalizatsiya xizmatlari 35,1 foizga, maişiy çiqindilarni olib ketiş 32,5 foizga, suyultirilgan gaz 25 foizga, elektr energiyasi 18,8 foizga oşgan. Issiq suv taminoti 11,9 foizga, isitiş xizmatlari 11,5 foizga qimmatlaşgan. Benzin narxi bir yilda 11,9 foizga oşgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: