USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 10 kunda 144 kişi qamoqqa olindi

377 марта

Özbekistonda 10 kunda 144 kişi qamoqqa olindi

Özbekistonda joriy yil 1 martdan boşlangan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng kölamli tezkor-profilaktik tadbirlari natijasida 907 ta jinoyat foş etildi va 144 nafar şaxsga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, tadbirning dastlabki 10 kunida 8360 ta tezkor qidiruv tadbirlari amalga oşirilib, 907 ta jinoyat foş etilgan. Jami 505 ta jinoyat işi qözğatilib, 144 nafar şaxsga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Giyohvandlikka qarşi kuraşiş yönalişida jami 1194 ta holat aniqlanib, narkojinoyatçilar va uyuşgan jinoiy guruhlardan 215 kg narkotik moddalar, 57 923 dona psixotrop dori vositalari aniqlangan.

Şuningdek, noqonuniy ravişda yetiştirilayotgan 129 tub giyohvandlik ösimliklari aniqlanib, belgilangan tartibda yöq qilingan. Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş yönalişida olib borilgan tadbirlar davomida esa jami 1067 ta jinoyat aniqlangan. Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yaşirinib yurgan 323 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlangan. 171 nafar bedarak yöqolgan fuqarolar topilib, oilasi bağriga qaytarilgan.

Yöllarda harakat xavfsizligini taminlaşga qaratilgan kuçaytirilgan xizmat yölga qöyilib, voyaga yetmagan, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan şaxslarning transport vositasini boşqaruvga kirişini oldini oliş maqsadida nazorat tadbirlari olib borilgan. Şu bilan birga yöl bezorligini internet tarmoqlarida tarğib qiliş holatlarini aniqlaş maqsadida maxsus guruhlar tuzilib, ijtimoiy tarmoqlarda monitoring ötkazilgan.

Ayni vaqtga qadar 391 ta yöl bezoriligi aks etgan videolavhalar aniqlanib, 388 nafar haydovçiga bayonnoma tuzilgan hamda 296 ta avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan. 

Umumiy tadbirlar doirasida yöl patrul xizmati inspektorlari tomonidan 254 362 ta yöl harakati qoidalarini buziş holatlari aniqlangan. Şundan 72 978 tasi qöpol qoidabuzarliklarni taşkil etgan va 23 714 ta transport vositalari jarima maydoniga joylaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: