«Beçora»lik — yangi çorami?
9-04-2026, 08:15
292 марта

«Beçora»lik — yangi çorami?
«Biz şu qadar “beçoramiz”ki, hatto pişloqning moğorlaganini yeb, vinoning eskisini içişga majburmiz. Maşinamizning esa tomi ham yöq... Qişda issiq kiyim topolmaganimizdan “issiq ölkalar”ga qoçib qolamiz». Komik aktyor Lesli Nilsenning bu maşhur satirasi şunçaki şöxlik emas, balki bugungi ayrim “kambağal” sanatkorlarimizning ahvoliga çizgidek göyo. Ayniqsa, “soliq” sözini eşitib, dod-faryod qilayotgan “yulduzlar”ning holatiga bu kinoya juda mos tuşadi.Bunday “çiqişlar”da ayrim “beçoralar” kredit oğirligidan nolisa, boşqalari davlat tadbirlarida bepul xizmat qilişini minnat bilan peş qiladi. Vaholanki, viloyatlarda qöy söyib kutib olinadigan, yuksak hurmat-ehtirom bilan qarşilanadigan bayram va marosimlarda iştirok etiş ular uçun göyo “oğir majburiyat” emiş. Aslida esa, xalqning ardoğida böliş va yurt xizmatida turiş — har bir ijodkor uçun şaraf bölişi kerak emasmi?
Keling, tarixga nazar taşlaylik. Haqiqiy sanatkorlar qanday bölgan? Masalan, Lutfixonim Sarimsoqova front olovi içida, bombalar yomğiri ostida kontsert bergan. U xalq qalbiga umid ulaşgan bölsa-da, “Xalq artisti” unvonini uruş tugaganidan 12 yil ötib olgan. Tamaraxonim esa Katta Farğona kanali qurilişida nafaqat sahnada, balki mehnat maydonida ham yelkadoş bölgan. Keyinçalik front böylab bergan kontsertlaridan tuşgan mablağlarni armiya fondiga ötkazib, ğalabaga beqiyos hissa qöşgan. Ular minnat qilmagan, hisob-kitob bilan yaşamagan. Ular Vatan, xalq va burç tuşunçalarini qalb amri bilan his qilganlar.
Şu bois, bugun “beçoralik” niqobi ortiga yaşirinib, soliqdan qoçişga uriniş — nafaqat kulgili, balki açinarlidir. Zero, haqiqiy sanatkor nafaqat sahnadagi mahorati, balki jamiyat oldidagi masuliyati bilan ham uluğdir.
Bir qarang: kun böyi ter tökib, million sömga ham yetmaydigan maoş oluvçi farroş, qorovul yoki temir bilan tillaşib halol rizq topayotgan çilangar... Ular oylikdan-oylikka zörğa yetsa-da, davlat oldidagi majburiyatini — soliqlarini vaqtida tölaydi.
Endi “beçora” sanatkorlarga boqing: baland sahnalar, yoruğ projektorlar, tinimsiz olqişlar va millionlab gonorarlar... Bir keçada oddiy mehnatkaş bir yilda topolmaydigan mablağni işlab topayotganlar nega soliq tölamasligi kerak? Nega maşhurlik ayrimlar uçun imtiyozga, soliq esa “jazo”ga aylanib qoldi?
Bugun kambağallikka qarşi kuraş — davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Joylarda rahbarlar va tadbirkorlar ehtiyojmand oilalarni farovon hayotga qaytariş uçun bor kuç-imkoniyatini safarbar etmoqda. Nazarimda, “beçora” sanatkorlar masalasida ham yangiça, adolatli va printsipial yondaşuv vaqti keldi.
Endilikda har bir qöşiqçidan faqat daromadiga yaraşa soliq oliş bilan çeklanmay, ularni muhtoj oilalarga biriktiriş amaliyotini yölga qöyiş lozim. Bu nafaqat moddiy kömak, balki yulduzlarimizda jamiyat oldidagi masuliyatni his etiş va vijdon bilan yaşaş madaniyatini şakllantiradi. Şoyad, şunda ular uçun “Vatan” va “xalq” sözlari şunçaki balandparvoz jumla emas, balki yurakdan his qilinadigan muqaddas burçga aylansa.
Şu bilan birga, xorijda biznes yuritayotgan ayrim “erkatoy” sanatkorlarga öz yurtida ham işlab çiqarişni yölga qöyiş, yangi iş örinlari yaratiş kabi aniq va majburiy ijtimoiy vazifalar yuklanişi şart. Zero, ona yurtda topgan obrö va imkoniyat, avvalo, şu yurtning ravnaqiga xizmat qilişi lozim. Ana şundagina adolat ham, insof ham, vijdon ham öz örnini topadi. Çunki haqiqiy uluğlik faqat sahnadagi çiqişlarda emas, balki xalq oldidagi burçni sidqidildan ado etişda namoyon böladi
“Sanatkor — jamiyat közgusi”, deymiz. Demak, öşa közguda faqat bezakli obraz emas, balki haqiqiy insoniylik, masuliyat va adolat ham aks etişi şart.