“Uzbekistan Airports” varrak uçirayotganlarga ogohlantiriş bilan çiqdi
10-04-2026, 18:24
390 марта

“Uzbekistan Airports” varrak uçirayotganlarga ogohlantiriş bilan çiqdi
Aeroportlar yaqinida varrak uçiriş parvozlar xavfsizligiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Bu haqda “Uzbekistan Airports” ogohlantiriş bilan çiqdi.Qayd etilişiça, varraklar balandga kötarilişi va samolyotlarning uçiş va qöniş yöllariga tuşib qolişi mumkin. Bu samolyot bilan töqnaşiş, texnikaga şikast yetişi va favqulodda holatlar yuzaga kelişi xavfini tuğdiradi. Bundan taşqari, mustahkam yoki kuçaytirilgan iplar havo kemalari uskunalariga zarar yetkazişi yoki dvigatellarga tuşib qolişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Havo kodeksining 17-moddasiga muvofiq, parvozlar xavfsizligiga tahdid soladigan faoliyat turlariga aeroport va uning oldidagi hududlarda varrak uçiriş ham kiradi. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 116-2-moddasiga köra, havo hududidan ruxsatsiz foydalaniş BHMning 20 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga qamoqqa olişga sabab böladi.
“Aviatsiya hodisasi yoki falokat yuz berganda esa oddiy şöxlik jinoiy javobgarlikka olib kelişi mumkin”, deyiladi xabarda.Poytaxt aholisi va mehmonlaridan örnatilgan çeklovlarga tuşuniş bilan qaraş hamda varrak uçiriş uçun aeroportdan uzoqroq bölgan xavfsiz joylarni tanlaş söraladi.